Napadachi Dushan Vlahovich «Yuventus»da o'z faoliyatini davom ettirishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport ma'lumotlariga ko'ra, Turin klubi forvard bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar olib borishga yana tayyor. Bir nechta yirik klublar futbolchining yuqori maosh talablariga ko'ra uni imzolashdan voz kechishdi. Shuningdek, «Yuventus» yangi bitim bo'yicha muzokaralarni faqat o'z shartlari asosida davom ettirishga tayyor.
Dushan Vlahovich 2022 yilda «Fiorentina»dan «Yuventus»ga 85 million evro evaziga o'tdi. Uning shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha amal qiladi. 2025/26 yilgi mavsumda napadachi Turin klubi uchun barcha musobaqalarda 23 o'yin o'tkazib, 10 gol urdi va ikki golli uzatma berdi. Transfermarkt portalida Vlahovichning qiymati 35 million evro deb baholangan.




