Nemis hujumchisi Nikolo Tresoldi «Bryugge»dan yanvar transfer oynasida ketishi mumkin. Hujumchi uchun «Milan» kurashga qo'shildi, deb xabar bermoqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, joriy mavsumning eng yaxshi to'purarlaridan biri Yevropa chempionlar ligasida La Liga, APL va Bundelisiga klublarining ham qiziqishini tortmoqda. 22 yoshli futbolchi joriy evrokubok musobaqasida beshta gol urdi.
Nikolo o'zining belgiyalik klubida o'tgan yilning yozidan beri o'ynaydi. Uning «Bryugge» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilning iyun oyigacha davom etadi. O'yinchining bozor narxi 35 million evrodir.
