Qanot hujumchisi «Marsel» Mayson Griynvud italiyaning «Roma» klubiga o'tishi mumkin. Ushbu ma'lumotni Corriere dello Sport tarqatmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, «Roma» 24 yoshli futbolchini transfer qilish uchun «Marsel»ga taklif yuborishni rejalashtirmoqda. Rimliklar Griynvudni 5 million evroga ijaraga olib, keyinchalik 25 million evroga majburiy xarid qilishni xohlaydi. Italiyaning ushbu klubi shuningdek, 10 million evro bonus to'lashga tayyor, ammo «Marsel» umumiy bitim summasini 55 million evro qilib belgilashni talab qilmoqda.
O'tgan mavsumda Griynvud barcha turnirlarda 45 ta o'yin o'tkazib, 26 marta raqiblar darvozasi orqasiga to'p kiritdi va 11 ta golli uzatma berdi.




