Italiyaning Milan jamoasining sobiq murabbiyi Stefano Piyoli portugaliyalik Gonsalo Ramus haqida fikr bildirdi. Ko‘plab tanqidchilar uning maydondagi passiv harakatlarini tanqid qilsa-da, Piyoli bu fikr bilan rozi emas va Ramusning taktik jihatdan muhim rol o‘ynashini ta'kidladi.

«Luka Modrich o‘z yoshiga qaramay, hali ham kuchga to‘la, Gonsalo Ramus esa jamoaga ajoyib xizmat qiladi va taktik jihatdan juda bilimdon o‘yinchi», - deya Piyolining so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Shuni eslatib o‘tamizki, Gonsalo Ramus avval fransuzning «PSJ» jamoasida o‘ynagan. Piyoli esa 2024 yilda Milandan ketgan.