Milanning «Inter» klubi «Liverpul» bilan yarim himoyachi Kyortis Jonsning transferi bo'yicha muzokaralarni boshladi va ingliz klubiga birinchi rasmiy taklifini yubordi. Bu haqida Football Italia xabar bermoqda.

«Nerazzurri» 25 yoshli yarim himoyachiga 20 million evro to'lashga tayyor. Biroq, bu summa hozircha «Liverpul» rahbariyatini qoniqtirmayapti, ular o'z tarbiyalanuvchisini 30 million evroga baholamoqda.

«Inter»ning Jonsga bo'lgan qiziqishi yangi emas. Milanliklar futbolchini yanvar oyida sotib olishga harakat qilgan edi, endi esa yangi mavsum boshlanishidan oldin kelishuvni yakunlash umidida muzokaralarga qaytishdi. Ingliz yarim himoyachisi bilan «Liverpul» o'rtasidagi shartnoma 2027 yilning iyunigacha amal qiladi, ammo o'z navbatida, futbolchi Italiyaga ko'chib o'tishni istisno qilmayapti, deb xabar berilmoqda.

«Inter» kelishuvga erishish uchun taklifni oshirishga to'g'ri kelishini tushunadi. Klub yaqin kunlarda «Liverpul» bilan muzokaralarni davom ettirishni rejalashtirmoqda.