Belgiya yarim himoyachisi Kevin de Bruyne'ni okean ortiga ko'chishi bilan bog'lashmoqda. Yulduz yarim himoyachini qo'lga kiritishga bir necha MLS klublari qiziqmoqda.
Ekrem Konurning ma'lumotlariga ko'ra, 35 yoshli futbolchiga «Inter Mayami», «San-Diyego» va «Chikago Fayr» hamkorlik taklif qilmoqchi.
Hozirda de Bruyne «Napoli» jamoasida o'ynaydi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2026/2027 mavsumi oxirida tugaydi.
Joriy italiyaning Seriya A musobaqasida belgiya futbolchisi neapolitan jamoasi safida beshta o'yin o'tkazdi. Kevin bir gol urdi va bir golli pas berdi.
