O‘yinchi «Milan» va Xorvatiya terma jamoasi a’zosi Luka Modrich yana Madridning «Real» klubiga qaytish istagini bildirdi.

Albatta, 41 yoshli yarim himoyachi «qirollik» klubiga yangi rol bilan, o‘yinchilik faoliyatini tugatgandan so‘ng qaytishni rejalashtirmoqda.

«Men «Real»ga qaytishni xohlayman, lekin foyda keltirishni istayman – «Real» uchun ishlashni, «Real»da emas. Buning uchun ko‘p narsalar o‘zgarishi kerak», – deya Madrid Universal Modrichning so‘zlarini keltirmoqda.

Luka Modrich 2012 yildan 2025 yilgacha «oq-qora» jamoasi safida o‘ynagan. Hozirda futbolchining «Milan» bilan tuzilgan shartnomasi kelasi yozgacha amal qiladi. O‘yinchi 2027 yilda futbolni tark etish yoki yo‘qligiga hali qaror qilmagan.