Italiyaning «Como» jamoasi himoyachisi Hakobo Ramon Madridning «Real» jamoasiga qaytish imkoniyati haqida fikr bildirdi.

Avvalroq, «Real» jamoasi Antonio Rudiger o‘rniga Ramon bilan shartnoma imzolashni rejalashtirayotgani haqida ma'lumotlar paydo bo‘lgandi.

«Bir narsani aytaman: men «Como»da juda, juda baxtliman. Mavsum hali yangi boshlandi, hozirda boshqa narsalar haqida o‘ylashni rejalashtirmayapman», — deydi Ramon La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, «Real» jamoasi Ramonni 2025-yil yozida «Como»ga 2,5 million evroga sotgan edi. Hozirda Transfermarkt 21 yoshli ispaniyalik futbolchini 45 million evroga baholamoqda.

Ushbu mavsumda ispaniyalik futbolchi barcha musobaqalarda olti o‘yinda qatnashdi va bir gol urdi. O‘yinchining klub bilan shartnomasi 2030-yilgacha davom etadi.