Bivshiy himoyachi milanlik Matteo Darmian, hozirda erkin agent bo'lib, Seriya A'dagi bir klubga ishga joylashishga yaqin.
Insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berishicha, 36 yoshli futbolchi «Bolonya»ga o'tmoqda. Darmian «rossoblu» bilan mehnat shartnomasini imzolash bo'yicha kelishuvga erishdi. Shartnoma kelasi yilning yozigacha davom etadi.
Eslatib o'tamiz, Matteo 2020 yildan 2026 yilgacha «Inter»da o'ynagan.
Italiya chempionatining beshta turidan so'ng «Bolonya» ikki ball to'plab, turnir jadvalida 18-o'rinda turibdi. Jamoa keyingi o'yinini «Lechche»ga qarshi safarda o'tkazadi.
