«Yuventus» eski londonlik «Arsenal» va «Barselona» darvozaboni Norberto Neto bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda italiyalik klubning matbuot xizmati ma'lum qildi.
Turinliklar va 37 yoshli darvozabon o'rtasidagi shartnoma 2027 yil 30 iyungacha amal qiladi. Avval Neto 2015-2017 yillarda «Yuventus»da o'ynagan. O'sha davrda braziliyalik 22 ta o'yin o'tkazib, jamoa bilan ikki marta Seriya A, ikki marta Italiya Kubogi va bir marta Italiya Superkubogini qo'lga kiritgan.
Neto oxirgi marta braziliyalik «Botafoqo»da o'ynagan bo'lib, uni yozda erkin agent sifatida tark etdi. Karera davomida u shuningdek, «Arsenal», «Barselona», «Valensiya», «Bornmut» va «Atletiko Paranaense»da ham o'ynagan.
