Avvalgi Niderlandiya futbolchisi Mark Van Bommel o'zining karerasining oxirida «Milan»da ham o'ynagan va hozirda ushbu klubga iliq munosabatda bo'lib, ularga barcha muvaffaqiyatlarni tilamoqda.

«Men «Milan»da ajoyib vaqt o'tkazdim. Bu qisqa davr edi, lekin biz juda yaxshi o'ynadik; ajoyib tarkibimiz bor edi. Men faqatgina bir marta «Olimpiko»da o'ynadim va biz Skudetto g'olibi bo'ldik. Umid qilamizki, klub g'alabalarga qaytadi», - deydi Van Bommel pianetamilan.it saytiga bergan intervyusida.

Shuni eslatib o'tamizki, «Milan»dan tashqari, Van Bommel o'zining karerasining eng yuqori cho'qqisida Myunxenning «Bavariya»si va Kataloniyaning «Barselona»sida ham o'ynagan.