Italiyaning sobiq jahon chempioni Vinchenso Yakvinta otasining mashhur italiyan mafiyasi bilan aloqalari tufayli qamoqqa olinishi natijasida kutilmagan muammolarga duch keldi. Endi o'yinchi o'zining ijtimoiy maqomining o'zgarishini achinib ta'kidlamoqda.
«Oldin meni «jahon chempioni» deb atashardi, hozir esa mafiya a'zosi deb hisoblashadi. Bu ajoyib bir o'zgarish. Afsuski, biz o'z familiyamiz uchun to'layapmiz — va faqat shuning uchun», - deydi sobiq jahon chempioni italiyaning La Gazzetta Dello Sport nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Yakvinta o'zining futbol karerasini 2012 yilda «Chezena» klubida yakunlagan.
