«Atalanta» murabbiyi Maurizio Sarri jamoaning uchta mag'lubiyatiga qaramay, ishini davom ettiradi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlari orqali insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Jurnalistning ma'lumotlariga ko'ra, Bergamo klubining rahbariyati taniqli mutaxassishga ishonch bildirishda davom etmoqda. So'nggi uchrashuvda «Atalanta» safarda Turinning «Yuventus»iga 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi.
Beshta turdan so'ng Seriya Ada bergamaslar 6 ochko to'plab, turnir jadvalida 11-o'rinni egallamoqda. Sarri shogirdlari chempionatda keyingi uchrashuvini xalqaro tanaffusdan so'ng o'tkazadilar. 12-oktabrda «Atalanta» o'z uy stadionida «Venetsiya» bilan uchrashadi.
