Sobiq kataloniyalik «Barselona» darvozaboni Yasper Sillessen italiyan chempionatiga ko'chishi mumkin. Ekrem Konurning ma'lumotlariga ko'ra, 37 yoshli erkin agentga turinlik Yuventus qiziqish bildirmoqda.

Sillessen Kamila Grabaraning jarohati sababli zaxira darvozaboni sifatida ko'rilmoqda. Polshalik futbolchi xochsimon bog'lam jarohati olib, uzoq muddatga safdan chiqqan.

Yasperning oxirgi ish joyi gollandiyalik NEK edi. Darvozabonning bozor qiymati 300 ming evroga baholanmoqda.

O'tgan mavsumda Gollandiya chempionatida Sillessen faqat uchta o'yinda qatnashdi va to'rt gol o'tkazib yubordi.