Italiyalik himoyachi Matteo Darmian yangi mavsumni shartnomasi bo'lmasdan boshlash g'alati ekanini tan oldi. Hozirda «Torino», «Inter» va «Manchester Yunayted»ning sobiq o'yinchisi kutilmaganda jamoasiz qolgan va bu holatni g'alati deb biladi.
«G'alati his: men hech qachon shartnomam yoki jamoam bo'lmagan vaziyatda bo'lmaganman. Bu men uchun yangilik — men bolalarim bilan ko'proq vaqt o'tkazmoqdaman va hatto ularni «Inter»ning Madriddagi o'yiniga olib bordim», - deydi Matteo Darmian derbyderbyderby.it.
Eslatib o'tamiz, dekabrda Darmian 37 yoshga to'ladi. U ilgari Italiya terma jamoasida 24 marta maydonga tushgan.
