Mashhur italiyalik stadion «San-Siro» bugun yubileyini nishonlamoqda - u aniq 100 yil oldin, 1926 yil 19 sentyabrda ochilgan. Stadion Milan shahridagi ikki asosiy futbol klubi - «Inter» va «Milan»ning uy stadioni hisoblanadi.

Avvaliga u faqat «Milan»ning stadioni sifatida qaralgan, ammo Ikkinchi jahon urushidan keyin «rossoneri» uni «Inter» bilan bo'lishishga rozi bo'lishdi. 1979 yilda u Juzeppe Meazzaning sharafiga qayta nomlandi - garchi u «Inter» o'yinchisi sifatida ko'proq tanilgan bo'lsa-da, «Milan»da ham o'ynagan.

Arena o'tgan asrning 50-yillari va 80-yillarida ikki marta rekonstruksiya qilingan.