«La Liga» prezidenti Xavier Tebas «Barselona» hujumchisi Lamine Yamal to'g'risida savolga javob berdi. O'z fikrini u Marca portaliga bergan intervyusida bildirdi.
- Lamin o'zini Messi, Krishtianu Ronaldu yoki Maradona bilan taqqoslashiga qanday munosabatdasiz?
- Bu yoshda bu maqbul. O'ylaymanki, hozir Lamine 19 yoshda, bu yoshda Messi, Krishtianu va Maradona allaqachon katta o'yinchilar bo'lgan. 19 yoshda bunday taqqoslash qilish mumkin. Kelasi yili yoki besh yildan keyin ham shunday gapira oladimi, ko'rib qolamiz. Uning yoshida bunday taqqoslash qabul qilinadi.
Joriy mavsumda Yamal 6 o'yinda 7 gol va 2 golli uzatma bilan ajralib turdi. U «Oltin to'p» uchun nomzodlar qatoriga kiritildi.
