«La Liga» prezidenti Xaviyer Tebas Madridning «Real» klubining telekanali haqida o'z fikrini bildirdi. Ushbu media vaqti-vaqti bilan hakamlarni tanqid qiladi.
«Har doim bir xil. Bu jabrlanuvchi pozitsiyasi o'rinli emas deb hisoblayman. Ular endi o'z muammolari haqida emas, balki boshqalar muammolari haqida shikoyat qilishmoqda. Xatolar sodir bo'ladi, «Real» - katta klub, lekin har doim boshqalar aybdor, o'zlari emas», - deya Tebasni Marca iqtibos keltiradi.
«Futbol muxlisi sifatida «Real»ning hozirda kamroq ochkega ega bo'lishining ko'p sabablarini keltira olardim, lekin buni qilmayman. Ishonchim komilki, «Real» La Ligani bunday bayonotlar bermasdan ham yutishi mumkin».
5 turdan so'ng «Real» 12 ochko bilan ikkinchi o'rinda, 15 ochko bilan birinchi o'rinda esa «Barselona» turibdi.
