«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Gavi o'yin amaliyotining yo'qligi haqida so'z yuritdi.

«Albatta, Gavi ambitsiyali, u har doim o'ynashni xohlaydi. U «Elche» bilan birinchi o'yinda boshlang'ich tarkibda maydonga tushdi, lekin jarohat oldi. Hozirda jamoa juda yaxshi o'ynayotganini qabul qilishi kerak. Lekin menga barcha o'yinchilar kerak. Hamma jamoa uchun muhim», — dedi Flik matbuot anjumanida.

Hozirgi mavsumda Ispaniya chempionatida Gavi faqat bitta o'yinda maydonga tushdi va gol urish bilan ajralib turmadi. U jarohat sababli ikki uchrashuvni o'tkazib yubordi, va qaytganidan so'ng, oxirgi ikki o'yinda zaxirada o'tirdi. Shuningdek, ispaniyalikning Chempionlar ligasida bitta o'yin chiqishi bor.