Portugaliyalik mutaxassis Sergiu Konseysau - Ispaniyaning Valensiya klubi murabbiyi lavozimiga asosiy nomzod. Klub rahbariyati, yangi mavsumda beshta o'yinda faqat bitta ochko to'plagan Karlos Korberandan qutulishga qaror qildi.
La Voz del Murcielago ma'lumotlariga ko'ra, aynan Konseysau hozirda Valensiyani qutqaruvchi sifatida ko'rilmoqda. Eslatib o'tamiz, portugaliyalik avval Italiyaning Milan klubini boshqargan, ammo 2025 yilning o'rtalarida klubdan ketgach, yangi jamoa izlamagan. Endi esa, yangi jamoa o'zi uni topishi mumkin.
