«Barselona» vingeri Lamin Yamal erta muvaffaqiyat uning motivatsiyasini yo‘qotmaydi, deb aytdi.

19 yoshida ispan futbolchisi jahon va Evropa chempioni bo‘lib, klub darajasida Ispaniyada barcha sovrinlarni qo‘lga kiritdi.

«Futbol tarixida Maradona, Messi, Krishtianu kabi afsonalar bor, lekin menimcha, hech kim mening yoshimda shuncha narsani yutmagan.

Odamlar bu g‘alabalardan keyin men o‘zimni bo‘sh qo‘yaman, deb o‘ylashadi, lekin men bilaman, tarixga o‘z ismimni yozish uchun hali ko‘p ishlar qilishim kerak», – deydi Yamal The Touchline’ga bergan intervyusida.

Shanba kuni mo‘jiza bola «Barselona»ga Levanteni 4:2 hisobida mag‘lub etishda ikki gol urdi.