«Barselona»ning bosh murabbiyi Hans-Diter Flik qanot o'yinchisi Entoni Gordonning golsiz seriyasi haqida fikr bildirdi.

Angliyalik futbolchi «ko'k-qizillar» safida olti o'yinda beshta assistentlik qilgan, ammo o'zi hali gol urmagan.

«Gordon qanotda ajoyib ish qilmoqda. U bizga nazoratni saqlashda yordam beradi, har doim uzatmalar uchun o'zini taklif qiladi. Ammo, ha, umid qilamanki, tez orada gol uradi. Hamma hujumchi o'yinchilar kabi, u ham golsiz qolganida xafa bo'ladi. Har kim gol urishni xohlaydi. Birinchi gol uni jamoada o'z o'rnini mustahkamlashiga yordam beradi. Lekin men uning o'yinidan va umumiy hissasidan qoniqaman», – dedi Flik matbuot anjumanida.

Entoni Gordon joriy mavsum boshida «Barselona»ga «Nyukasl»dan 80 million evroga o'tdi.