«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Xavi Espartning o‘yini haqida fikr bildirdi.
19 yoshli futbolchi yakshanba kuni La Liga doirasidagi «Levante»ga qarshi o‘yinda 5-daqiqada hisobni ochdi, o‘yinda natija 4:2 hisobida «Barselona» foydasiga hal bo‘ldi. Bu yosh ispanning «ko‘k-qizil»lar safida birinchi joriy etilgan goli hisoblanadi.
«Hozircha Espart ajoyib o‘ynayapti. U taktik va texnik jihatdan a’lo darajada ish olib bormoqda. Jismonan u bu darajada o‘ynash uchun 100% tayyor, bu esa doimiy ravishda isbotlanmoqda», – deydi Flikning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.
Xavi Espart «Barselona» asosiy jamoasi safida jami 11 ta o‘yinda maydonga tushdi.
