«Valensiya» bosh murabbiyi Karlos Korberanni ishdan bo'shatgani haqida e'lon qildi. Ushbu qaror murabbiyning 2028 yilgacha bo'lgan shartnomasini uzaytirganidan atigi ikki oy o'tgach qabul qilindi, deb xabar beradi Marca.

Vazifani bajaruvchi bosh murabbiy sifatida Oskar Sances tayinlandi. Seshanba kuni «Valensiya» «Alaves» bilan o'ynaydi, yakshanba kuni esa «Real Sosiadad»ni qabul qiladi. Bosh murabbiy bilan birga klub direktori Ron Gurli va bir qator yordamchilari ham o'z lavozimlaridan ketishdi.

Korberan «Valensiya»ni 2024 yil dekabrida boshqara boshlagan va jamoa bilan 72 ta rasmiy o'yin o'tkazgan. U avval «Olimpiakos», «Vest Bromvich» va Kipr hamda Angliyada bir qator kam tanilgan klublarni boshqargan.

«Valensiya» 1 ochko bilan La Liga turnir jadvalida oxirgi o'rinda turibdi.