«Barselona» himoyachisi Erik Garcia «Levante» ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng fikr bildirdi. La Liganing beshinchi turidagi o'yin 4:2 hisobida yakunlandi.

«Maydon ayniqsa yordam bermadi, o'yin vaqti, issiqlik... bu qiyin maydon. Ular mart oyidan beri mag'lub bo'lmagan. Bu oson bo'lmadi, lekin biz o'zimizni haddan tashqari qiyinlashtirdik. Bu saboq bo'lishi kerak: agar raqibga joy bersangiz, ular darhol sizga bosim o'tkazadi», - deya qayd etdi futbolchi Marca nashriga.

«Bu xatolarni oldini olish mumkin edi. Umuman olganda, yaxshi o'yin o'tkazdik. Biz mamnun bo'lishimiz mumkin. To'p bilan o'zimizni qulay his qilamiz. O'yinni yaxshi nazorat qilish uchun yarim himoyada va himoyada yaxshi o'yinchilarimiz bor. Hujumda esa haqiqiy yirtqichlarimiz bor, ular maydonda yaxshi harakat qilib, zarba berishadi».

«Murabbiy Esparta ga ishonch ko'rsatmoqda. Biz undan juda mamnunmiz. U ishlashda davom etishi kerak. Hech kim bo'shashmasligi kerak - jamoada katta raqobat mavjud».

«Barselona» 15 ochko bilan birinchi o'rinda bormoqda.