Yarim himoyachi «Real» Bernardu Silva «Rayo Valekano» ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozonganidan so‘ng fikr bildirdi.

«Uch ochko – eng muhim narsa. Biz katta g‘alaba qozondik va juda mamnunmiz, ayniqsa birinchi taymga. Endi keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak, u juda tezda bo‘ladi.

Jamoaning natijadorligi? Bizning hujum kuchimiz va gol urish qobiliyatimizda hech qanday shubha yo‘q, ayniqsa bu yerda, «Santiago Bernabeu»da. Biz ko‘p vaziyatlar yaratishga muvaffaq bo‘ldik», - deya Silva so‘zlarini keltiradi Marca.

«Real»ning keyingi o‘yini 15-sentabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu kunda &a href="/person/jose-mourinho">Joze Mourinyo boshqaruvidagi jamoa «Elche»ga qarshi safarda o‘ynaydi.