«Real» bosh murabbiyi Jozef Mourinyo Madrid jamoasiga bo'lgan tanqidlarga javob berib, ommaviy axborot vositalaridagi xabarlarga e'tibor bermasligini ta'kidladi.
- Men hech narsa o'qimayman - gazeta yoki boshqa narsalarni. Lekin ular juda qat'iy, har kuni bu yerga kelishimdan oldin menga siz yozganlaringizdan iborat butun bir «Muqaddas Kitob» olib kelishadi (kuladi). Svist jamoa ruhini o'zgartirmaydi. Albatta, bizda birlik va o'zaro tushunish bor, bu esa qo'shimcha afzallik beradi. Biz o'z ishimizni davom ettiramiz, - deya Mourinyo so'zlarini keltiradi Marca.
«Real» Ispaniya chempionatining to'rt turidan so'ng to'qqiz ochko to'pladi. 12 sentyabrda Madrid klubi «Rayo Valekano»ni qabul qiladi.
