Eks-fransuz terma jamoasi va kataloniyaning «Barselona» klubining sobiq futbolchisi Samuel Yumtiti «Oltin to'p» haqida fikr bildirdi.
«Oltin to'p» marosimi o'z ma'nosini yo'qotdi. Hozirda bu mukofot futbolga jiddiy zarar yetkazmoqda. Bu jamoaviy sport, lekin o'yinchilar ko'proq «Oltin to'p»ni qanday qo'lga kiritish haqida o'ylashadi, jamoaviy yutuqlar haqida emas. Messi va Ronalduning davri tugagandan so'ng, bu mukofot menga qiziq emas», - deydi fransuz RMC Sport orqali.
Hozirgi kunda ushbu nufuzli individual mukofotning egasi «PSJ» va Fransiya terma jamoasining qanot o'yinchisi Usmon Dembele.
