Yaqinda «Barselona» joriy mavsum uchun beshta kapitanni tanladi – ulardan biri 19 yoshli qanot hujumchisi Lamin Yamal bo'ldi. Ispaniya terma jamoasi vingeri matbuot anjumanida yoshligiga qaramay kapitanlik tasmasini olishdan g'ururlangani haqida ma'lum qildi.
«19 yoshimda «Barselona»ning kapitaniga aylanish men uchun katta sharaf. Men barcha jamoa do'stlarimga juda minnatdorman. Men juda baxtliman va jamoa uchun qo'limdan kelganini qilishga harakat qilaman», - deydi Laminning so'zlarini jurnalist Fabrizio Romano keltirmoqda.
Joriy mavsumda hujumchi Ispaniya chempionatida to'rtta o'yin o'tkazdi va to'rt marta gol urdi.
