Rossiyalik yarimhimoyachi Arsen Zaharyan «Real Sociedad»dan ketishni rejalashtirmayapti. Buni Ispaniya klubining matbuot kotibi Yon Ander Munduart aytib o'tdi.
«Arsen yaxshi ishlamoqda va klubda baxtli. Hozirgi kunda uning «Real Sociedad»ni tark etish niyati yo'q», - deya klub vakilini «Sovet Sport» iqtibos keltirgan.
23 yoshli yarimhimoyachi 2023 yil yozida moskva «Dinamo»dan ispan jamoasiga o'tdi. Tomonlar o'rtasidagi mehnat shartnomasi 2029 yilning iyun oyigacha amal qiladi. Uning transfer narxi to'qqiz million evroni tashkil etadi.
Hozirgi mavsumda La Ligada Zaharyan bitta o'yinda ishtirok etdi.
