«Barselona» qishki transfer oynasida jamoani kuchaytirish uchun qanchalik mablag' sarflashini bilib oldik.
«Diario Sport»ning xabariga ko'ra, moliyaviy fair-play qoidalari «Barselona»ga yanvar oyida taxminan 60 million evro sarflashga imkon beradi. Biroq, «ko'k-qizillar» yangi o'yinchilarga sarmoya kiritishga shoshilmayapti. La Liga'ning maxsus qoidasi bo'yicha, bu mablag' klubning ish haqi fondini oshirishga yo'naltirilishi mumkin, bu esa «ko'k-qizillar» uchun bir necha yildan beri muammo bo'lib kelmoqda.
Shuningdek, yozda «Barselona» murabbiyi Xans-Diter Flik yangi markaziy himoyachini olishni xohlagan, ammo bunga erisha olmagan. Yanvar oyida sport direktori Deku bu masala bilan shug'ullanishi ehtimoli yuqori.
To'rt turdan so'ng, «Barselona» Ispaniya chempionatida 12 ochko to'plab, turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.
