«Barselona» qanot o'yinchisi Entoni Gordon yangi jamoasida mavsumni muvaffaqiyatli boshladi.
Ispaniya chempionatining birinchi to'rt turida 25 yoshli ingliz o'yinchisi beshta golli uzatmani amalga oshirdi. OptaJose ma'lumotlariga ko'ra, Gordon XXI asrda La Ligada birinchi to'rt o'yinda 4+ assistga erishgan uchinchi o'yinchi bo'ldi. Bunga qadar bunday yutuqqa faqat Sesk Faberqas va Luis Suarez erishgan, ular ham «Barselona» formasida buni amalga oshirgan.
Chempionatning to'rtinchi turida «ko'k-qizillar» mehmonlikda «Valensiya»ni 5:0 hisobida mag'lub etib, 12 ochko bilan jadvalda birinchi o'rinni egalladi.
