«Barselona» himoyachisi Jera Martin jamoaning darvozaboni Joan Garsiya haqida fikr bildirdi.
«Joan Garsiya bizga yuqori himoya chizig'i bilan o'ynashimizda juda yordam beradi. Ba'zida u bizning orqamizda turgandek tuyuladi. U to'pni tozalaydi va har doim diqqatni jamlaydi, bizning orqamizga uzun uzatma berilganda», — deydi Martin Barça Universal nashriga.
Yangi mavsumda 25 yoshli darvozabon Ispaniya chempionatining barcha to'rt o'yinida ishtirok etdi, ikki gol o'tkazib yubordi va uch marta darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.
To'rt turdan so'ng «Barselona» turnir jadvalida 12 ochko to'plab, birinchi o'rinda bormoqda. Keyingi turda katalonlar «Levante»ga qarshi safarda o'ynaydi.
