Yakshanba kuni «Alaves» «Osasuna» bilan Ispaniya Premerasining to'rtinchi turida uchrashdi. Jamoalar umumiy hisobda yetti gol urishdi, ammo g'alaba mezbonlar tomonida bo'ldi.

«Alaves» 27-daqiqada oldinga chiqdi. Mariano Diazning uzatmasidan so'ng, Lukas Boye gol urdi. 36-daqiqada Diaz «Alaves»ning ustunligini oshirdi. 46-daqiqada esa «Osasuna» Ante Budimirning goli bilan hisobni qisqartirdi.

Boye 51-daqiqada yana bir bor o'zini ko'rsatdi va dubl qildi. Keyin bu uchrashuvda yana bir gol urgan Ante Budimir bo'ldi. Ushbu uchrashuvda so'nggi so'z «Alaves»ga tegdi. 68-daqiqada Boye hat-trik qildi. Ushbu o'yinda oxirgi golni Pablo Ibanez kiritdi.