«Barselona»ning «Valensiya»ga qarshi o‘yinda gol urgan Rafinya, Ispaniya chempionatida yangi mavsumda o‘z hisobiga oltita gol qo‘shdi.

Shu tariqa, u avval faqat Lionel Messi tomonidan amalga oshirilgan noyob yutug‘ini takrorladi. 2012/2013 va 2013/2014 yillarda Messi chempionatning dastlabki to‘rt o‘yinda oltita gol urgan edi. Endi bu natijaga Rafinya ham erishdi. Ispaniya chempionatida bunday natijaga hech kim, na «Barselona»da, na boshqa jamoalarda erishgan emas.

Ma’lumki, braziliyalik hujumchi «Barselona»da 2022 yildan beri to‘p surmoqda, avval esa «Lids»da o‘ynagan.