Barselona jamoasining bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoaning hozirgi mavsumdagi boshlanishidagi muvaffaqiyatlarini sharhladi.
Chorshanba kuni katalonlar «Rasing» ustidan 7:2 hisobida g‘alaba qozonishdi – endi ular joriy mavsumda yetti o‘yinda yetti g‘alaba qozonishdi va 33 ta gol urishga muvaffaq bo‘lishdi.
– Sizlar klub tarixidagi eng yaxshi boshlanishni o‘tkazdingiz. Bunga qanday qaraysiz?
– Yaxshi boshlanish – bu ajoyib, lekin eng muhimi – ajoyib yakun. O‘tgan mavsumda ham xalqaro tanaffusgacha juda yaxshi o‘ynadik. Diqqatni saqlashimiz kerak, – dedi Flik matbuot anjumanida.
Shanba, 19-sentabr kuni «Barselona» safarda «Sevilya» bilan uchrashadi, keyin esa milliy jamoalar o‘yinlari uchun tanaffus bo‘ladi.
