«Real» jamoasi Betisga 0:1 hisobida mag'lub bo'lganidan keyin norozilik bildirdi. Madridliklar, agar maydonda «Real» o'rniga «Barselona» bo'lganida, hakamlar boshqa qarorlar qabul qilgan bo'lardi, deb hisoblaydi.
«Agar bu «Barselona» bilan bo'lganida, penalti qaytadan urilardi, va Espining goli hisobga olinardi», - deydi «Real» klubining telekanali efirida. Marca xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, uchrashuv oxirida Carlos Espining goli ofsayd sababli hisobga olinmadi. Keyinchalik hakam penalti qaytadan urilishini belgilamadi - «Betis» o'yinchilarining oldindan maydonga kirishi aniqlanmagan. Kiliyan Mbappe esa penalti zarbasini amalga oshira olmadi.
