«Barselona»ning sport direktori Deku uchta futbolchi bilan shartnoma uzaytirishni e'lon qildi.
«Biz Rafinyo bilan shartnomani uzaytirishga juda yaqinmiz. Kecha kunning ikkinchi yarmida Rafinyo bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganimizni ochiq aytishim mumkin. O‘ylaymanki, u biz bilan kelasi to‘rt yil davomida bo‘ladi.
Shuningdek, Mark Bernal va Xavi Espar haqida ham shunday deyish mumkin. Oldinda ma'muriy masalalarni hal qilishimiz kerak, bu bilan yangi haftada shug‘ullanamiz. Lekin bu uch futbolchi bilan biz shu hafta kelishuvga erishdik», - deydi Deku Mundo Deportivo nashriga.
Oldinroq Rafinyo «Barselona»da o‘ynashni davom ettirish va bu yerda karerasini yakunlashni xohlayotganini aytgan edi.
