«Atletiko» murabbiyi Diego Simeone hujumchi Jonatan Deyvid bilan ishlashdan olingan dastlabki taassurotlarini o‘rtoqlashdi.
- Bizga «Lille»dagi kabi futbolchi kerak. Biz u bilan gaplashdik, unda jamoamizga yordam berishi mumkin bo‘lgan sifatlar mavjud. U imkon qadar tezroq moslashishi kerak. Hozirda bu jarayon davom etmoqda, chunki u yaqinda keldi. Biz uning ruhlanganini va juda motivatsiyalanganini ko‘ryapmiz. Umid qilamizki, maydonda u o‘zidan kutgan va bizdan kutgan narsalarni beradi, - deya Simeoneni AS nashri iqtibos keltirmoqda.
Deyvid «Atletiko»ga yozgi transfer oynasining oxirida «Yuventus»dan o‘tdi. Hujumchi madridliklar safida ijarada o‘ynaydi, shuningdek, ispaniyalik klub futbolchini sotib olish imkoniyatiga ega.
