Kataloniyaning «Barselona» himoyachisi Xavi Espar o'zining kelajagini «sine-granatoviylar» safida belgilab oldi. 

Fabrizio Romano jurnalistining ijtimoiy tarmoqlardagi xabariga ko'ra, iste'dodli qanot himoyachisi yangi mehnat shartnomasini imzolash taklifiga rozi bo'ldi. Tomonlar o'rtasidagi shartnoma 2030 yilning o'rtalarigacha amal qiladi. Yangilangan shartlarga ko'ra, klub 19 yoshli futbolchining maoshini oshiradi.

Esparning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyida tugaydi. Futbolchining transfer narxi besh million evroni tashkil etadi.

Joriy La Liga mavsumida Xavi beshta o'yinda qatnashib, bitta gol urdi va ikki assist berdi.