«Real Sosyedad» bosh murabbiyi Pellegriino Matarazzo, «Sel'ta» himoyachisi Alvaro Nunes bilan to'qnashuvdan so'ng, Gonzalu Gedeshga berilmagan penalti haqida fikr bildirdi.

«Menimcha, bu penalti edi. Men shikoyat qilmoqchi emasman. Ba'zan hakamlar qaror qabul qilishadi, ba'zan sizga foyda keltiradi, ba'zan esa aksincha. Lekin bu menga penalti kabi ko'rinadi», — deya Matarazzoning so'zlarini keltiradi Diario AS.

Ispaniya La Ligasi 6-turida «Real Sosyedad» va «Sel'ta» o'rtasida o'tkazilgan uchrashuv 0:0 hisobida durang tugadi.

San-Sebastyanliklar to'rt o'yinda atigi to'rt ochko to'plagan. Arsen Zakaryan jamoasi turnir jadvalida 11-o'rinda turibdi.