Qiziqarli hodisa «Barselona»ning trening bazasi yaqinida sodir bo'ldi.
Ba'zi muxlislar «Barselona»ning ayollar jamoasi hujumchisi Kerolinni erkaklar jamoasi forvardi Rafinyo Dias bilan adashtirib qo'yishdi. Bir muxlis ayol g'azablanib, Kolin ikki daqiqaga bo'lsa ham to'xtab, muxlislarga avtograf va suratlar berishini talab qildi.
«Men Rafinyo emasman. Men ayolman!» - dedi Kerolin mashinasidan.
Shuni ta'kidlash joizki, 26 yoshli Kerolin Nikoli «Barselona» tarixidagi eng qimmat futbolchi hisoblanadi. Ispanlar uni «Manchester Siti»ga taxminan 1,5 million evro to'lab olishdi. Avval «Barselona» bir futbolchiga bir million evrodan ko'p pul sarflamagan edi.
