«Barselona» 19 yoshli Misr hujumchisi Hamza Abdeklarim bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni boshladi. U mavsumning boshida kutilmagan yutuqlardan biri bo'lib chiqdi.
SPORT ma'lumotlariga ko'ra, ikki kun avval klub futbolchining agenti Kristian Emil bilan klub bazasida uchrashdi. Tomonlar yangi shartnoma shartlarini muhokama qilishni boshladilar va muzokaralar muvaffaqiyatli davom etmoqda.
«Barselona»ning asosiy maqsadi Abdeklarimning shartnomasidagi to'lov miqdorini 15 million evrodan 150 million evrogacha oshirishdir. Klub uni o'zining selektsiya ishlaridagi eng katta muvaffaqiyatlardan biri deb hisoblaydi.
Abdeklarim Misrning «Al-Ahli» klubidan 1,5 million evroga o'tdi. U yozgi tayyorgarlik jarayonida «Barselona»ning eng yaxshi to'purariga aylandi, 4 ta gol urdi. Klubda uning ishga bo'lgan munosabati va jamoaga moslashuvi ham yuqori baholanmoqda.
«Barselona» yangi shartnoma bo'yicha imkon qadar tezroq kelishuvga erishmoqchi, bu esa Pedro Fernandes bilan bo'lgan voqeaga o'xshash vaziyatni oldini olish uchun zarur, u klubni 6 million evro to'laganidan so'ng tark etdi.
