Madridning Kristian Romero markaziy himoyachisi Lionel Messining Argentina terma jamoasini tark etish qaroridan hayron qolganini tan oldi.

39 yoshli hujumchi avgust oxirida xalqaro karerasini yakunlaganini e'lon qildi. 6 oktyabrda Lionelning albiseleste uchun so'nggi xayrlashuv o'yini bo'lib o'tadi.

«Messi har doim mening qahramonim bo'lgan. Men uning terma jamoada qanday azob chekkanini, klub darajasida esa qanday g'alabalar qozonganini ko'rdim va keyin uning bilan birga o'ynash, bu muvaffaqiyatni baham ko'rish nasib etdi. Leo – barcha davrlarning eng buyuk o'yinchisi.

Bu go'zal xayrlashuv bo'ladi. Albatta, uning qarori meni hayron qoldirdi, chunki men uning jahon chempionatidagi ajoyib o'yinidan keyin a'lo holatda qolganini ko'rdim. U o'ynashni davom ettirishni xohlardi, lekin eng asosiysi – uning va uning oilasi uchun hamma narsa yaxshi bo'lishi, o'yindan zavq olishidir. Biz uni qo'llab-quvvatlaymiz», – dedi Romero ESPN Argentinaga bergan intervyusida.

Messi 2005 yildan buyon Argentina terma jamoasi safida o'ynagan.