Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinyo «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresning «Barselona»ga o‘tmay qolishi haqida fikr bildirdi.

«Odatda, agar futbolchi noroziligini bildirsa, bu masala transfer oynasi yopilishidan oldin hal qilinishi kerak, aks holda u o‘ynamaydi. Ammo menimcha, Alvares mavsum oxirigacha «Atletiko» uchun muhim futbolchi bo‘lib qoladi,— deydi Mourinyo The Touchline nashriga bergan intervyusida.

Hozirgi mavsumda 26 yoshli Alvares Ispaniya La Ligasi doirasida bir marta maydonga tushdi, ammo gol yoki assist bilan o‘zini ko‘rsatmadi.

5 sentyabrda «matraschilar» Bilybaodagi «Atletik» jamoasiga qarshi safarda o‘ynaydi.