Xorvat futbolchisi Luka Modrich Madridning «Real» jamoasida o'ynagan davrlarini esladi. «Oq» jamoa safida yarim himoyachi to'rt marta Ispaniya chempioni bo'lgan, shuningdek, Chempionlar ligasida olti marta g'olib chiqdi.
«O'ylaymanki, bu bizning kundalik ishga kamroq e'tibor berishimiz bilan bog'liq. Har doim chempionatda vaziyatni tuzatish uchun vaqtimiz bor deb o'ylardik, lekin Chempionlar ligasida xato qilish huquqimiz yo'qligini tushunardik.
Har safar orqaga qaytishimiz va La Ligani yutishimiz mumkin deb o'ylardik, lekin «Barselona» juda kuchli edi va bizga unvonni bermadi. O'ylaymanki, aynan shu sabablar tufayli biz ko'proq Chempionlar ligasini yutdik, lekin men hech narsadan afsuslanmayman va hech narsani o'zgartirmasdim», – dedi 40 yoshli futbolchi Diario ASga bergan intervyusida.
Luka Modrich 2012 yildan 2025 yilgacha «Real» safida o'ynadi, so'ngra «Milan»ga o'tdi va hozirda u yerda o'ynamoqda.
