«Barselona»ning qanot o'yinchisi Lamin Yamal jamoasi bilan Chempionlar Ligasini hozirgi mavsumda yutmoqchi ekanligini ma'lum qildi.

19 yoshli ispaniyalik o‘tgan yilgi La Liganing eng yaxshi o'yinchisi mukofotini oldi. Mukofot topshirish marosimida futbolchi joriy mavsumdagi maqsadi haqida gapirdi.

«Mening joriy mavsumdagi maqsadim – Chempionlar Ligasini yutish», – deya The Touchline nashriga iqtibos keltirdi «ko'k-qizil»larning yosh yulduzi.

Lamin Yamal allaqachon Ispaniya terma jamoasi bilan jahon va Yevropa chempioni bo'lgan, shuningdek, «Barselona» bilan ichki arenada barcha musobaqalarni yutgan.

O'tgan mavsumda Xans-Diter Flik jamoasi eng obro'li evrokubokdan 1/4 finalda «Atletiko»ga yutqazib chiqib ketdi.