«Barselona» yarim himoyachisi Mark Bernal o'z jamoa do'sti Lamine Yamal o'yini haqida o'z fikrlarini bildirdi.

Dushanba kuni 19 yoshli qanot o'yinchisi Rayo Valyekanoga qarshi La Liga o'yida ikki gol urdi – bu uning «ko'k-qizillar» safida aprel oyidan beri birinchi gollari.

«Murabbiy Yamal haqida to'g'ri aytdi. So'nggi o'yinlarda Lamine gol urmagan bo'lsa-da, o'z mahoratini namoyish etdi. U bu qobiliyatlarni karerasining boshidan ko'rsatmoqda. Bugun gol urganidan xursandmiz», – dedi Bernal DAZN bilan bo'lgan intervyusida.

«Barselona» va «Rayo Valyekano» o'rtasidagi uchrashuv 5:2 hisobida kataloniyaliklarning g'alabasi bilan yakunlandi. Maydon egalaridan Rafinha Dias ham ikki gol urdi, yana bir gol esa madridliklar tomonidan o'z darvozalariga urildi.