Darvozabon «Xetafe» David Soriya La Ligada ketma-ket boshlang'ich tarkibda o'ynagan o'yinlar soni bo'yicha rekord o'rnatdi. Bu haqda Marca xabar bermoqda.

Golkiper 193-marta ketma-ket boshlang'ich tarkibda maydonga tushib, «Osasuna»ga qarshi uchrashuvda (0:1) o'ynadi. Soriya 192 o'yin o'ynagan Xuan Larran'yaning natijasini ortda qoldirdi. Ushbu futbolchi avvaliga «Real Sosiadad»da yarim himoyachi sifatida o'ynagan.

Soriyaning ketma-ketligi 2021-yil 13-avgustda «Valensiya»ga qarshi o'yinda boshlangan. U oxirgi marta 2020-21 yilgi mavsumning so'nggi turida zaxirada qolgan.

Shuningdek, «Xetafe»da o'ynagan o'yinlar soni bo'yicha Soriya to'rtinchi o'rinda (306 uchrashuv). Yetakchi esa Kabal'ero bo'lib, uning hisobida 335 o'yin mavjud.