«Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopes o'z jamoadoshi Lamine Yamal haqida fikr bildirdi.

«U «Barselona» uchun juda muhim o'yinchi, shuningdek, u mening do'stim. Men unga eng qulay uzatmalarni berishga harakat qilaman, shunda u o'zini qulay his qiladi va mening uzatmalarimdan foydalanadi. Atrofida har doim uchta o'yinchi bor, shuning uchun men bo'sh zonalarni qidirishga harakat qilaman», — deydi Fermin Barça Universal nashriga.

Hozirgi mavsumda 19 yoshli Yamal barcha turnirlar bo'yicha sakkizta uchrashuvda ishtirok etdi, sakkiz marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va olti gol uzatmasini amalga oshirdi.

Yetti turdan so'ng «Barselona» Ispaniya chempionatining reyting jadvalida 21 ochko to'plab, birinchi o'rinda bormoqda.